PUDRAT SHARTNOMASI _______ - sonli
_______ - sonli
PASTDARGOM tumani. " ____"_________2022 yil
“PASTDARGOM tumani obodonlashtirish boshkarmasi" (keyingi ▇'▇▇▇▇▇ "buyurtmachi") nomidan ustav asosida ish yurituvchi direktor bir tomondan va _______________________ (keyingi o'rinlarda "pudratchi") nomidan ustav asosida ish yurituvchi direktor _____________ ikkinchi tomondan, byudjet mablag'▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇▇▇▇'om tumani Paxtachi MFY hududidan o'tgan 4H-624 avtomobil yo'li 3-uchastkasi L:1440 m. (keyinchalik-ob'ekt) ishlarini bajarishga doir amaldagi O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi "Davlat xaridlari to'g'risidagi"gi 684-sonli qonuniga asosan ▇▇▇▇▇.▇▇▇▇.▇▇ maxsus axborot portali orqali e'lon qilingan va "Pastdargom tumani obodonlashtirish xarid komissiyasining 2022 yil ___ __________ bayonnomasiga asosan quyidagi shartnomani tuzdilar:
I. Ta'riflar
1.1. Mazkur shartnomada quyidagi ta'riflar qo'llaniladi:ijro hujjatlari - naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun mas'ul bo'lgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan o'zgarishlarning ishchi chizmalarga muvofiqligi to'g'risidagi yozuvlar bilan birgalikda ob'ekt joriy ta'mirlashga ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar va ishlarni bajarishda qo'llanilgan materiallar sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi to'g'risidagi dalolatnomalar, qurilish-montaj ishlarini bajarilishini yuritish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
qurilish maydoni - mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma bo'yicha buyurtmachi tomonidan pudratchiga ajratilgan er uchastkasi. Ob'ektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qo'yiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qo'yiladi;
berkitiladigan ishlar - sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin aniqlash mumkin bo'lmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruktsiyalar bilan berkitiladigan ishlar;
II. SHARTNOMA PREDMETI
2.1. Pudratchi mazkur shartnoma bo'yicha ob'ektda joriy ta'mirlash ishlarini smeta hujjatlarida ko'zda tutilgan ▇▇▇▇▇ bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga joriy ta'mirlash ishlarini o'z vaqtida qabul kilish va moliyalashtirish manbai bo'lgan mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan shartnoma tuzilayotgan ob'ekt uchun mablag'ta'minlanishi bilan to'lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
2.2. Buyurtmachi tomonidan moliyalashtirilayotgan qurilish narxi tasdiqlangan manzilli dasturda ajratilgan mablag'bo'yicha aniqlanadi.
III. SHARTNOMA BO'YICHA ISHLAR QIYMATI
3.1. Mazkur shartnoma bo'yicha ob'ektda bajariladigan ishlar qiymati barcha ajratmalarni o'z ichiga ▇▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇ amaldagi narhlarda shartnomaning umumiy qiymati QQS bilan 693013874 (Olti yuz tukson uch million un uch ming sakkiz yuz yetmish turt) so'm, shundan QQS 90 393 114 (Tukson million uch yuz tukson uch ming bir yuz un turt ) so'mni tashkil etib, mazkur mablag'▇▇▇▇▇▇ boshqarmasi tomonidan ajratilgach 3 kun muddatda tegishli tartibda moliyalashtirish jadvaliga asosan pudratchining hisob raqamiga o'tkazib ▇▇▇▇▇▇ nazarda tutiladi.
3.2. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta ko'rib chiqilishi mumkin emas, quyidagi ▇▇▇▇▇▇ bundan mustasno:
- ob'ektning joriy ta'mirlash ishlari qiymatini ko'paytirishga engib bo'lmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab bo'lganda;
- ishlar hajmi buyurtmachi tomonidan o'zgartirilganda;
3.3. Tegishli asoslar mavjud bo'lganda, sanab o'tilgan o'zgarishlar buyurtmachi bilan pudratchi o'rtasidagi shartnomaga qo'shimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi.
IV. PUDRATCHINING MAJBURIYATLARI
4.1. Mazkur shartnoma bo'yicha pudratchi shartnomaning II-bo'limida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun:zarur hollarda ayrim ish turlarining bajarilishida smeta hujjatlarida belgilangan ▇▇▇▇▇▇▇-mexanizmlar o'rniga, ▇'▇▇▇▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇▇▇-mexanizmlardan foydalanilishi, belgilangan sifat va texnologik jarayonning buzilmasligini ko'rsatuvchi sifat laboratoriyasi xulosasi asosida amalga oshirilishi mumkin;
-smeta hujjatlarida bajarilishi ko'zda tutilgan ish hajmlari ▇▇▇▇▇▇▇▇▇ tomonidan to'liq va sifatli qilib bajarilib, ayrim ish hajmlari va xarajatlar smeta hujjatlarida ko'zda tutilgan mablag'lardan amalda iqtisod qilinsa, ushbu mablag'ni mazkur ob'ektning ayrim xarajatlari bo'yicha kurilishi mumkin bo'lgan zararni va qo'shimcha bajarilishi lozim bo'lgan ish hajmlari xarajatlarini qoplash uchun ob'ektning umumiy qiymati doirasida asoslovchi hujjatlar asosida buyurtmachining ruxsati bilan yo'naltirishi mumkin;
-ob'ektning ijro xujjatlarini rasmiylashtirish va buyurtmachiga topshirish, qurilish materiallarining muvofiqlik sertifikati, ishlatilgan qurilish materiallari va uskunalarning texnik pasportini taqdim etadi;
-shartnoma shartlariga asosan ob'ektni buyurtmachiga tasdiqlangan loyihaga muvofiq topshiradi;
-pudratchi qurilish davomida smeta hujjatlarida hisobga olinmagan ishlarni aniqlasa, bu to'g'rida buyurtmachiga xabar berishi shart;
-barcha ishlarni mazkur shartnomada hamda uning 1-ilovasida belgilangan, ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajm va muddatlarda, o'zining kuchlari bilan qurilish qoidalari va me'yorlariga, belgilangan standartlarga amal qilgan ▇▇▇▇▇ sifatli bajarish hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshiradi;
-mazkur shartnoma bo'yicha ob'ektni foydalanishga qabul qilib olish to'g'risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini ▇'▇▇▇▇ tegishli qurilish mashinalari, transport vositalari, anjomlar, qurilish materiallari, buyumlar vaqtinchalik binolardan bo'shatadi;
-qurilish maydoni qo'riqlanishini ta'minlaydi;
-mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni o'z vaqtida va to'liq hajmda bajarish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
4.2. Pudratchi mazkur shartnoma bo'yicha barcha ishlarni sifatli bajarilishi hamda ob'ektning foydalanishga tayyor ▇▇▇▇▇ topshirilishi uchun buyurtmachi oldida to'liq mulkiy javob beradi.
4.3. Ishlar boshlangan paytdan boshlab ular tugallangungacha pudratchi joriy ta'mirlash ishlarini bajarilishini qayd etish daftarini yuritadi. Agar buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki pudratchining qaydlaridan qoniqmasa, u ▇▇▇▇▇ ishlarni bajarish daftarida o'z fikrini bayon qiladi.
4.4. Pudratchi daftarda buyurtmachi tomonidan asosli ravishda ko'rsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko'▇▇▇▇ majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
V. BUYURTMACHINING MAJBURIYATLARI
5.1. Mazkur shartnomani bajarish uchun buyurtmachi:
-ishlar bajarilishi ustidan mazkur shartnomada qayd etilgan pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funktsiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, pudratchidan tugallangan ishlarni, amaldagi Qonunchilik xujjatlariga muvofiq ravishda qabul qilib olishni ta'minlash;
-pudratchining barcha murojaatlarini o'n kun muddatda ko'rib chiqish va qaror qabul qilish;
-moliyalashtirish jadvaliga binoan pudratchiga moliyalashtirish manbai bo'lgan mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan shartnoma tuzilayotgan ob'ekt uchun mablag'ta'minlanishi bilan belgilangan ishlar qiymatining 30 foizi miqdorida bo'nak (▇▇▇▇▇) ▇▇▇▇▇▇ va har oyda ajratilgan avansni mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga ▇▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇, bajarilgan ishlar qiymatining 100 foizigacha joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
-5 kunlik muddat ichida ▇▇▇▇▇▇▇▇▇ tomonidan taqdim qilingan hisob-fakturalarni rasmiylashtirib berishni o'z zimmasiga oladi. Agarda taqdim qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa ularni ko'rsatgan ▇▇▇▇▇ pudratchiga qaytarib beradi.
VI. ISHLARNI BAJARISH MUDDATLARI
6.1. Pudratchi mazkur shartnoma kuchga ▇▇▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇▇ boshlab ishlarni bajarishga kirishadi.
6.2. Mazkur shartnoma bo'yicha joriy ta'mirlash ishlarining muddati bajarish jadvali bo'yicha amalga oshiriladi.
VII. TO'LOV VA HISOB KITOBLAR
7.1. Buyurtmachi pudratchiga shartnomaning 2-ilovasiga muvofiq bo'nak(▇▇▇▇▇) mablag'i o'tkazadi.
7.2. Bajarilgan joriy ta'mirlash ishlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan "ma'lumotnoma-hisob-faktura"ga asosan moliyalashtiriladi. Bunda joriy moliyalashtirish ajratilgan ▇▇▇▇▇ mablag'ining har oyda amalda bajariladigan ishlar miqdoridan ▇▇▇▇ hisobida taqsimlangan ▇▇▇▇▇ ushlab qolib, amalga oshiriladi.
VIII. ISHLARNI BAJARISH
8.1. Buyurtmachi ob'ektda o'z vakilini - texnik kuzatuvchini tayinlaydi, u buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek ▇▇▇▇▇▇▇▇▇ tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
8.2. Pudratchi ta'mirlash davrida buyurtmachining vakilini (texnik kuzatuvchini) vaqtinchalik ▇▇▇▇▇▇▇ joyidan ta'mirlanadigan yo'l qismigacha borib kelishiga transport, ob'ektda ish joyi bilan ta'minlashni o'z zimmasiga oladi.
8.3. Pudratchi ob'ektda bajarilgan ishlarning hajmlarini bajarish hujjatlarini, qilingan sarf-xarajatlarni buyurtmachi tomonidan mazkur ob'ekt uchun biriktirilgan texnik kuzatuvchi bilan har oyning 25 kunidan ob'ektning o'▇▇▇▇ ▇▇'rib chiqadi va to'liq ma'lumotni buyurtmachiga topshiradi.
8.4. Bajarilgan va moliyalashtirish uchun qabul qilingan ish hajmlarida arifmetik xato va boshqa kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlanganda, keyingi oylarda shartnoma amal qilish muddatidan kechikmagan xolda bajarilgan ish hajmlari tegishli o'zgartirishlar (korrektirovka) kiritilgan ▇▇▇▇▇ rasmiylashtiriladi .
8.5. Pudratchi o'zi tomonidan ta'mirlashda qo'llaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruktsiyalar va tizimlar sifati loyiha hujjatlarida ko'rsatilgan spesifikasiyalarga, davlat standartlariga, texnik shartlarga muvofiq bo'lishini hamda ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga yoki boshqa hujjatlarga ega bo'lishini kafolatlaydi.
8.6. Pudratchi ishlarni smeta hujjatlariga va mazkur shartnomaning VI bo'limida ko'rsatilgan muddatlar bilan muvofiqlashtirilgan o'z rejasi va jadvaliga binoan ob'ektda ishlarni bajarishni mustaqil ravishda tashkil etadi.
8.7. Yopilib ketadigan ishlarni ularning har bir turi (bosqichi) bo'yicha qabul qilib olish ularning keyingi tur (bosqich) ishlari boshlangunga qadar bajarilishiga ▇▇▇▇▇ amalga oshiriladi.
Yopilib ketadigan ishlarni qabul qilib olish natijalari o'rnatilgan shakl bo'yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda qabul qilinadigan ishlarning loyiha, normativ-texnik hujjatlar, standartlar talablariga muvofiqlik darajasi aks ettiriladi, shuningdek qabul qilinadigan ishlarga baho va ishlarning keyingi turlarini bajarishga ruxsat beriladi. Dalolatnomaga o'lchovlar qaydnomasi va laboratoriya sinovlari natijalari ilova qilinadi.
8.8. Pudratchi buyurtmachining qurilish-montaj ishlarini bajarilishini yuritish daftarlariga kiritilgan yozma ruxsatnomasidan keyingina keyingi ishlarni bajarishga kirishadi.
Agar berkitiladigan ishlar buyurtmachining tasdig'isiz bajarilgan bo'lsa yoki u bu haqda xabardor qilinmagan bo'lsa, yoki kechikib xabardor qilingan bo'lsa, u ▇▇▇▇▇ uning ▇▇▇▇▇▇ ▇▇'yicha pudratchi buyurtmachining ko'rsatmasiga muvofiq berkitiladigan ishlarning istalgan qismini o'z hisobidan ochishga, so'ngra esa uni tiklashga majburdir.
8.9. Agar buyurtmachi pudratchi va (yoki) uning yordamchi Pudratchilari tomonidan ishlarning sifatsiz bajarilganligini aniqlasa, u ▇▇▇▇▇ Pudratchi o'z kuchlari va mablag'lari hisobidan ushbu ishlarni ularning zarur sifatini ta'minlash uchun kelishilgan muddatda qayta bajarishga majburdir.
IX. ISHLARNI QO'RIQLASH
9.1. Pudratchi ta'mirlash ishlari boshlanishidan tugallangungacha va joriy ta'mirlash tugallangan ob'ekt buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingunga qadar chetlari to'silgan qurilish maydoni hududida materiallar, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va boshqa mol-mulk zarur darajada qo'riqlanishini ta'minlaydi.
X. ENGIB BO'LMAYDIGAN KUCH (FORS-MAJOR) HOLATLARI
10.1. Agar ushbu shartnoma bo'yicha majburiyatlar qisman yoki to'liq bajarilmasligi fors-major holatlari (favqulotda vaziyatlar, favqulotda holat, yuqori turuvchi davlat organlarining qarori va boshqa engib bo'lmaydigan kuch, er tebranishi, suv toshqini, ko'chki va hokazo) natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita ta'sir etsa, tomonlar ▇▇▇▇▇▇ qisman yoki to'liq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
Pudratchining mazkur shartnomani bajarish uchun boshqa shartlashuvi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo'qligi, Pudratchida zarur pul mablag'larining bo'lmaganligi fors-major holatlariga kirmaydi.
Mazkur shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish muddati engib bo'lmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
10.2. Agar fors-major holatlari yoki ularning oqibatlari bir oydan ko'p vaqtga cho'zilsa, u ▇▇▇▇▇ Pudratchi va Buyurtmachi ishlarni davom ettirish yoki ularni konservasiya qilish uchun qanday choralar ko'rilishini muhokama qiladilar.
10.3. Agar tomonlar ikki oy ▇▇▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇▇▇ olmasalar, u ▇▇▇▇▇ tomonlarning har biri shartnoma bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
XI. JORIY TA'MIRLASH TUGALLANGAN OB'EKTNI QABUL QILIB OLISH
11.1. Joriy ta'mirlash tugallangan ob'ektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida amalda bo'lgan belgilangan tartibga muvofiq, mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek joriy ta'mirlash tugallangan ob'ektlarni foydalanishga qabul qilib olish shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga asosan amalga oshiriladi.
11.2. Ob'ektda joriy ta'mirlash ishlari tugallangandan so'ng:
1). Mahalliy ichki xo'jalik yo'llarini qurish va ta'mirlash ob'ektlarida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatini texnik kuzatuvi va laboratoriya sinovlari o'kaziladi;
Bunda, O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan standartlarga muvofiq maxsus lisenziyaga ega, laboratoriya sinovlari qurilish sohasidagi amalda bo'lgan me'yoriy xujjatlar, qurilish normalari va qoidalari bo'yicha faoliyat yuritadigan. Mahalliy ichki xo'jalik yo'▇▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇▇ va ta'mirlash ob'ektlarida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatini texnik kuzatuvi va laboratoriya sinovlari o'kazishga ixtisoslashgan, ko'p yillik tajribaga ega korxona (tashkilot, muassasa, jamiyat)larning laboratoriya ▇▇▇▇▇ natijalari bo'yicha xulosalarini olish talab qilinadi.
2). Bajarilgan ishlar (xizmatlar)ni xaqiqiy ish xajmini aniqlash uchun bank mutaxassislari o'lchov nazorati o'tkaziladi (o'lchov nazorat xarajati pudratchining boshqa xarajatlari hisobidan qoplanadi);
3). Pudratchi tashkiloti tomonidan tugallangan ob'ektni qabul qilib olish uchun tegishli xujjatlarni rasmiylashtiradi va buyurtmachiga xabarnoma yuboradi;
4). Ichki yo'llarni joylarda foydalanishga qabul qilish yuzasidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan foydalanishga qabul qilinganidan so'ng, buyurtmachi tomonidan yakuniy xisob-kitob ishlari amalga oshiriladi.
11.3. Pudratchi tashkilot ishchi guruhiga quyidagi xujjatlarni taqdim etadi:
- qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda ishtirok etgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarning turlari va hajmlari hamda mas'ul ijrochilari ko'rsatilgan holdagi ro'yxati;
- qabul qilishga taqdim etilgan yo'lning texnik loyihasi va ishchi chizmalari to'plami, ijro sxemalari;
- yopilib ketadigan ishlarni qabul qilib olish dalolatnomalari;
- yo'l-qurilish materiallari va yo'l to'shamalarining konstruktiv qatlamlaridan kesiklar (tuproq jinslari) sinovlari jurnallari, muvofiqlik sertifikatlari;
- ishlarni bajarish jurnali;
- vakolat doirasidan kelib chiqqan ▇▇▇▇▇ qurilish ishlari sifatini nazorat qilish "yo'l qurilish sifat nazorat qilish" davlat inspektsiyasi tomonidan ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilinganligi to'g'risidagi dalolatnomalari.
11.4. Pudratchi joriy ta'mirlash tugallangan ob'ektni qabul qilib olish boshlanishidan 5 ▇▇▇ ▇▇▇▇▇ mazkur shartnomaning V-bo'limiga muvofiq buyurtmachiga buyurtmachi tomonidan belgilangan tarkibda ikki nusxada ijro hujjatlarini beradi. Pudratchi buyurtmachiga ushbu hujjatlar to'plami amalda bajarilgan ishlarga to'liq mos kelishini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
11.5. Qabul qilib olingan paytdan boshlab ob'ekt davlat mulkiga aylanadi va o'rnatilgan tartibda yo'lning vakolatli organi balansiga o'tadi.
XII. Kafolatlar
12.1. Pudratchi:
barcha ishlar to'liq hajmda va mazkur shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarilishini;
smeta hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik shartlarga muvofiq barcha ishlarni sifatli bajarishni;
o'zi tomonidan qurilish uchun qo'llaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruktsiya va tizimlar sifatini, ularning loyiha hujjatlarida ko'rsatilgan sertifikasiyalarga, davlat standartlariga hamda texnik shartlarga muvofiqligini;
shartnomada belgilangan kafolat muddati mobaynida ob'ektdan foydalanish jarayonida nuqsonlar va chala qilingan ishlar aniqlanganda, o'z hisobidan bartaraf etishni;
12.2. Ob'ektda bajarilgan ishlarning kafolatli muddati tomonlar joriy ta'mirlash tugallangan ob'ektni qabul qilib olish to'g'risidagi dalolatnomani imzolagan kundan boshlab 12 oy etib belgilanadi.
12.3. Agar ob'ektdan foydalanishning kafolatli muddatida aniqlanib, ular bartaraf etilgunga qadar foydalanishni davom ettirish imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u ▇▇▇▇▇ kafolat muddati nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlar pudratchi tomonidan uning o'z hisobidan bartaraf etiladi.
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari pudratchi va buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi.
Agar pudratchi bajarilgan ishlardagi nuqsonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada ko'rsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, O'zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan qonun va me'yoriy hujjatlarga asosan javobgarlikka tortish to'g'risida o'rnatilgan tartibda qonunni muhofaza qiluvchi muassasalarga murojaat qilish huquqiga ega.
XIII. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
13.1. Buyurtmachi:
-shartnoma kuchga kirgandan keyin ishlarning boshlanishi buyurtmachiga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra pudratchi tomonidan bir oydan ko'p vaqtga kechiktirilganda;
ishlarni tugatishning mazkur shartnomada belgilangan muddati Pudratchining ▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇ bir oydan ortiq muddatga ko'paygan ▇▇▇▇▇;
-Pudratchi tomonidan shartnoma shartlari shaharsozlik normalari va qoidalari nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar bo'yicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
13.2. Pudratchi:
-ishlarning bajarilishi pudratchiga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra Buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga to'xtatib qo'yilganda;
-buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar bo'yicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
13.3. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan ▇▇▇▇▇ ushbu bo'lim qoidasiga muvofiq ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
13.4. Shartnoma bekor qilingan taqdirda aybdor ▇▇▇▇▇ ikkinchi tomonga etkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani to'laydi.
13.5. Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga yo'l qo'yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan ▇▇▇▇▇▇ bundan mustasno.
XIV. TOMONLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI
14.1. Tomonlardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan taqdirda aybdor ▇▇▇▇▇ ikkinchi tomonga etkazilgan zararlarni qoplaydi;
O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi, O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi "xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi 670-sonli Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida, hamda mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Joriy ta'mirlash ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilot qonunchilikka va ushbu shartnomaga muvofiq buyurtmachi oldida quyidagi ishlar bo'yicha mulkiy javobgardir:
-sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari;
-ob'ektni hamda uning bosqichlari va navbatlarini belgilangan muddatda tugallanmaganligi;
-buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida qurilish-montaj ishlari muddatlarini buzilishi;
- joriy ta'mirlash jarayonida yoki oraliq qabul qilishda Pudratchi, mualliflik nazorati va boshqa nazorat organlari tomonidan aniqlangan konstruktsiya va ishlardagi yo'l qo'yilgan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etishni orqaga surish;
shartnomada ko'zda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarmagani yoki to'la-qonli bajarmagani.
14.2. Mazkur shartnomaga tegishli ilovalarda ko'rsatilgan o'z majburiyatlariga rioya qilmaganligi, o'z vaqtida moliyalashtirmaganligi va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni buzganligi uchun buyurtmachi pudratchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0,1% (foizi) miqdorida penya to'laydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki ko'rsatilmagan xizmatlar qiymatining 20% (foizi)▇▇▇ oshmasligi lozim.
Penya to'lanishi Buyurtmachini shartnoma shartlari buzilishi tufayli etkazilgan zararni qoplashdan ozod qilmaydi.
14.3. Pudratchi tomonidan ob'ektni o'z vaqtida ishga tushirish bo'yicha majburiyatlar buzilgan bo'lsa, pudratchi buyurtmachiga muddati o'tkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0,1% (foizi) miqdorida penya to'laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki ko'rsatilmagan xizmatlar qiymatining 20% (foizi)▇▇▇ oshmasligi lozim.
Penya to'lash Pudratchini ishlarni bajarishning yoki xizmatlar ko'rsatishning kechikishi tufayli etkazilgan zararlarni qoplashdan ozod qilmaydi.
14.4. Agar bajarilgan ishlar sifati belgilangan standartlarga, shaharsozlik normalari va qoidalari, ish hujjatlariga muvofiq bo'lmasa, u ▇▇▇▇▇ buyurtmachi vakolat doirasidan kelib chiqqan ▇▇▇▇▇ "Yo'lqurilishsifatnazoratqilish" davlat inspektsiyasi xulosasi asosida ob'ektni qabul qilish va uning uchun haq to'lashdan bosh tortishi, shuningdek Pudratchidan sifati zarur darajada bo'lmagan ishlar qiymatidan kelib chiqqan ▇▇▇▇▇ O'zbekiston Respublikasi qonunlarda belgilangan miqdorida jarima undirish huquqiga ega. ▇▇▇▇▇▇▇▇▇▇▇ tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar o'z vaqtida bartaraf etilmagani uchun pudratchi O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi "xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi 670-sonli Qonunining 26 moddasiga asosan sifatsiz bajarilgan
ishlar qiymatining 20%(foizi) miqdorida jarima to'laydi.
14.5. Buyurtmachi Pudratchining bajarilgan ishlari hajmidan yoki moliyaviy hisob-kitoblarlardan aniqlangan kamchiliklar natijasida Buyurtmachiga qaytariladigan mablag'lar va boshqa to'lovlar bo'yicha majburiyatlarini o'z vaqtida bajarmasa, Buyurtmachi ushbu mablag'larni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag'lar hisobidan chegirib qolish huquqiga ega.
14.6. Muddat o'tkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya to'lash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
XV. NIZOLARNI ▇▇▇ ▇▇▇▇▇ TARTIBI
15.1. Ushbu pudrat shartnomasi amal qilish davomida yuzaga keladigan tortishuvlar, kelishmovchiliklar, nizolar tomonlar tarafidan ▇'▇▇▇▇ muzokara yo'li ▇▇▇▇▇ ▇▇▇ etiladi.
Muzokara natijasida kelishuvga kelinmagan taqdirda tortishuvlar, kelishmovchiliklar, nizolar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida e'tiroz tartibiga rioya qilgan ▇▇▇▇▇, ko'rib chiqiladi. E'tirozlar yozma ravishda taqdim qilinishi kerak va ularni ko'rib chiqish muddati e'tiroz bildirilgan ▇▇▇▇▇ olganidan keyin 1 (bir) oy muddatni tashkil etadi.
XVI. ALOHIDA SHARTLAR
16.1. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin, shartnomaga tegishli bo'lgan taraflar o'rtasidagi barcha oldingi yozma va og'zaki bitimlar, yozishmalar, tomonlarning ▇'▇▇▇▇ kelishuvlari o'z kuchini yo'qotadi.
16.2. Pudratchi qurilish ob'ektiga yoki uning alohida qismlariga tegishli ish hujjatlarini buyurtmachining yozma ruxsatisiz, yordamchi pudratchilardan tashqari, biron-bir uchinchi tomonga sotish ▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇▇ huquqiga ega bo'lmaydi.
16.3. Mazkur shartnomaga barcha o'zgartirish va qo'shimchalar, agar ular yozma shaklda rasmiylashtirilgan va tomonlar ularni imzolashgan bo'lsa, haqiqiy hisoblanadi.
16.4. Buyurtmachi bilan pudratchi o'rtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar ▇▇▇▇▇ ▇▇'lishiga olib keladigan har qanday ahdlashuvni tomonlar mazkur shartnomaga qo'shimchalar, o'zgartirishlar shaklida yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
16.5. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo'lgan 2 nusxada tuzildi.
16.6. Mazkur shartnoma tomonlar tarafidan imzolanib, O'zbekiston Respublikasi ▇▇▇▇▇▇ vazirligi G'aznachiligida ro'yhatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
16.7. Shartnoma kuchga ▇▇▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇▇ boshlab tomonlar o'z vazifalarini bajarishga kirishadi, shuningdek mazkur shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlari vujudga keladi.
XVII. KORRUPSIYAGA QARSHI QO'SHIMCHA SHARTLAR
17.1. Taraflar shartnoma tuzishda, shartnomaning amal qilish muddatida va ushbu muddat tugaganidan so'ng, shartnoma bilan bog'liq korrupsiyaviy harakatlar sodir qilmaslikka kelishib oladilar.
17.2. Taraflar shartnomadagi korrupsiyaga qarshi qo'shimcha shartlarda belgilangan korrupsiyaning oldini olish choralarini tan oladi va ularga rioya etilishi bo'yicha hamkorlikni ta'minlaydilar.
17.3. Har bir taraf shartnoma tuzilgan paytda bevosita o'zi yoki uning ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan shartnoma bilan bog'liq munosabatlar yuzasidan qonunga xilof ravishda pul, moddiy qiymatliklar berilmaganligini, shartnoma tuzilishi evaziga norasmiy pul yoki boshqa moddiy qiymatliklar olinishiga yo'l qo'yilmaganligini, taklif etilmaganligini, ularni berishga va'da qilinmaganligini, shuningdek moddiy yoki har qanday turdaagi imtiyoz, ustunliklar olinmaganligini (kelajakda bu turdagi harakatlarni amalga oshirishi mumkinligi haqida taassurot qoldirilmaganligini) kafolatlaydi. Taraflar, ular tomonidan shartnoma doirasida jalb qilingan shaxslarning (yordamchi pudratchi tashkilotlar, agentlar va taraflar nazorati ostidagi boshqa shaxslarning) yuqoridagi harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan oqilona choralar ko'radi.
17.4. Taraflar davlat xizmatchilari, siyosiy partiyalar, shuningdek o'zlarining ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan har qanday vaqt va shaklda quyidagi harakatlarni bevosita yoki bilvosita (shu jumladan, uchinchi shaxslar orqali)sodir etilishiga yo'l qo'ymaydi: a) nazorat qiluvchi organlardan lisenziya va ruxsatnomalar olish,soliq solish, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, sudda ish ko'rilishi, Qonunchilik jarayoni va boshqa sohalarda qonunga xilof ravishda tijorat yoki boshqa tusdagi ustunlikka ega bo'lish yoki saqlab qolish maqsadida yuqoridagi shaxslar foydasiga yoki ular tomonidan moddiy yoki nomoddiy naf olishning taklif etilishi, va'da qilinishi, berilishiga; b) qonunga xilof ravishda olingan daromadlarning legallashtirilishiga, shuningdek, agar mulk jinoiy faoliyatdan olingan daromad ekanligi taraflarga ma'▇▇▇ ▇▇'lsa, uni o'tkazish, mulkka aylantirish, yoxud almashtirish yo'li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus ▇▇▇▇▇▇, ▇▇▇▇▇▇ ▇▇▇ mablag'▇▇▇▇ ▇▇▇▇ boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini tasarruf etish, ko'chirish usulini, pul mablag'lariga yoki boshqa mol-mulkka bo'lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirishga; v) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir qilish uchun ta'magirlik qilish, undash, tazyiq o'tkazish yoki tahdid qilish. Ushbu ▇▇▇▇▇ ▇▇'yicha bir taraf ikkinchi tarafni hamda vakolatli davlat organlarini darhol xabardor qilishi shart.
17.5. Taraflar tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizasiya qilish va o'tkazishda bitimlar tuzish bo'yicha muzokaralar olib borishda, lisenziya, ruxsatnomalar va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega bo'lgan hujjatlarni olishda yoki ularning manfaatlarini ko'zlab boshqa harakatlarni amalga oshiruvchi taraflarning nazorati ostida bo'lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslarga (shu jumladan, yordamchi pudratchilar, agentlar, savdo vakillari, distribyutorlar, huquqshunoslar, hisobchilar, ular nomidan harakat qiluvchi boshqa vakillarlarga) nisbatan quyidaagi harakatlarni amalga oshirishlari shart: - korrupsiyaviy harakatlarga yo'l qo'yib bo'lmasligi va korrupsiyaviy harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lishi shartligi haqida ko'rsatmalar va tushuntirishlar ▇▇▇▇▇▇; - ulardan korrupsiyaviy harakatlarni amalga oshirish uchun vositachi sifatida foydalanmaslik; - ularni faqat taraflarning oddiy kundalik faoliyati jarayonidagi ishlab chiqarish zarurati doirasidan kelib chiqib ishga jalb qilish; - ularga Qonunchilik doirasida amalga oshirgan xizmatlari uchun belgilangan haq miqdoridan asossiz ravishda ortiqcha to'lovlarni amalga oshirmaslik.
17.6. Taraflar ularning nazorati ostida bo'lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslar tomonidan korrupsiyaga qarshi qo'shimcha shartlarda belgilangan majburiyatlar buzilganligi holatlari haqida xabar berilganligi uchun ularga tazyiq o'tkazilmasligini kafolatlaydilar.
17.7. Agar bir tarafga boshqa tarafning korrupsiyaga qarshi qo'shimcha shartlarning 7.4 - va 7.5-bandlarida belgilangan majburiyatlarni buzilishiga yo'l qo'yilganligi ma'▇▇▇ ▇▇'lib qolsa, ikkinchi tarafni bu haqda zudlik bilan xabardor qilishi va ushbu tarafdan oqilona muddat ichida tegishli choralar ko'rilishini va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan unga xabardor qilishini talab qilishi shart. Tarafning ▇▇▇▇▇▇ ▇▇'yicha ikkinchi taraf tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo'yicha oqilona muddat ichida tegishli choralar ko'rilmagan yoki ko'rib chiqish natijalari haqida xabardor qilmagan taqdirda, ushbu taraf zararni to'liq qoplab berishni talab qilishga haqli.
XVIII. SHARTNOMA AMAL QILISH MUDDATI
18.1. Shartnoma amal qilish muddati: O'zbekiston Respublikasi ▇▇▇▇▇▇ vazirligi G'aznachiligida ro'yhatga olingan kundan boshlab 2022 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.
18.2. Mazkur shartnomaga quyidagilar ilova qilinadi;
1-ilova – ▇▇▇▇▇▇▇▇ ▇▇▇▇▇▇▇,
2-ilova – moliyalashtirish jadvali.
XVIII. TOMONLARNING BANK REKVIZITLARI VA YURIDIK MANZILLARI
Buyurtmachi
“PASTDARGOM ▇▇▇▇▇ obodonlashtirish boshkarmasi PASTDARGOM ▇▇▇▇▇▇ ▇▇▇▇ shaxri X.Olimjon 15 uy Sh/x: 100022860182277045204110001 INN: 206852932 OKED 90211 O'zbekiston Respublikasi ▇▇▇▇▇▇ Vazirligi G'aznachiligining Amaliyot Boshqarmasi x/r 23 402 000 300 100 001 010 MFO: 00014 INN: 201 122 919
Raxbar B.Djuraev |
|
Pudratchi
_________________________________________
_________________________________
x/r ______________________________ Inn __________ OKED ____________
_________________________________
Raxbar _______________
|
|
|
|
||
|
|
||
|
|
||
|
|
